Andijon Davlat
Universiteti
KEGEYLI TUMANIDAGI 12 TA MAKTAB OʻQUVCHILARINING BILIMI ZAKOVATDA CHARXLANDI
2022-03-27    760

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti professori-o‘qituvchilaridan tashkil topgan bir guruh jamoa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etib kelmoqdalar. Mana shunday tadbirlardan biri bugun, 26-mart kuni Kegeyli tumanining 14-umumta'lim maktabida Andijon davlat universiteti Zakovat klubi sardori tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida Zakovat intellektual turniri boʻlib oʻtdi.

14-maktabda o'tkazilgan turnirda tumanning 12 ta maktablaridan tashkil topgan 12 ta jamoa ishtirok etib 72 nafar oʻquvchi-yoshlarning bilimi charxlandi. Ushbu bo'lib o'tgan turnir davomida jamoalar oʻzlarining naqadar topqirligi va zukkoliklarini namoyon etdilar.

Kuchli bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtgan Zakovat intellektual turnirining yakuniy natijalariga koʻra, faxrli 1-oʻrinni 55-maktabning "Shejire" jamoasi qo'lga kiritdi, 2-oʻrinni esa 13-maktabning "Jayhun" jamoasi egallagan bo'lsa, 3-oʻrin 36-maktabning "Ayaziy" jamoasiga nasib qildi.

Zakovat intellektual turnirida gʻolib boʻlgan jamoalar Andijon davlat universiteti hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. O'tkazilgan mana shunday turnir Kegeyli tumanidagi o'quvchi-yoshlar ko'nglida iliq taassurot qoldirdi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.