Andijon Davlat
Universiteti
KEGEYLI TUMANIDAGI 6 TA UMUMTA'LIM MAKTABLARINING O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA BILIMLAR BELLASHUVI TURNIRI TASHKIL ETILDI
2022-03-26    558

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Zakovat" intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror va farmonlar o‘z samarasini bermoqda.

Bugun, 26-mart kuni Andijon davlat universiteti professor-oʻqituvchilari hamda "Zakovat" klubi sardorlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi 36-maktabda 6 ta maktab o‘quvchilari o‘rtasida Zakovat intellektual turniri oʻtkazildi.

Ushbu turnirda Kegeyli tumanidagi 6 ta maktablar nomidan 8 ta jamoadan iborat 48 nafar o‘quvchi-yoshlar oʻzaro bahs olib bordi.

Bellashuvda barcha jamoalar oʻzlarining bilim va tafakkurlarini sinovdan oʻtkazdilar. Turnirning tanaffus vaqtida universitetimizning mohir sozandalari tomonidan musiqiy chiqishlar, kuy va qo'shiqlar ijro etildi. Bellashuv chin maʼnoda tantanaga aylanib ketdi.

Musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar Andijon davlat universiteti hamda Kegeyli tumani yoshlar agentligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Eng bilimdon yoshlarni oʻzida jamlagan 36-maktabda nafaqat intellektual oʻyinlar balki kuchli mutaxassislar tomonidan ingliz tili bo‘yicha master klass, ilmiy munozaralar, aqliy salohiyat bilan bogʻliq bahslar ham uyushtirildi. Bu yerda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni ruhlantirish maqsadida Andijon davlat universitetining bir qancha professor-o‘qituvchilari maktab o‘quvchilari bilan birgalikda uchrashuvlar o‘tkazdi. Biz professor-o‘qituvchilar bilan yoshlar oʻrtasida muloqotni yoʻlga qoʻyib, mustahkamlab borish eng katta vazifamiz boʻladi.

Shundan so'ng, Kegeyli tumanidagi Jalpag' MFY da yangi ish boshlagan Ziyodaxon Elqoriyevaning tikuv sexini ochib berish uchun tuman Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda universitetimiz jamoasi ham ochilish marosimida munosib ishtirok etdi. Ushbu tikuv sexida hozirda 5 nafar ayollar oz' ish faoliyatini boshlashmoqda.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.