Joriy yilning 25-mart kuni Andijon davlat universiteti professor-oʻqituvchilari Kegeyli tumanining 1-sonli kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif mobaynida bitiruvchi yoshlar bilan Oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan yangilliklar toʻgʻrisida suhbat olib bordilar va ularga keng qamrovli taklif va gʻoyalarni tushuntirib oʻtdilar.
Uchrashuv davomida maktab o‘qituvchilari va 100 nafardan ziyod bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan suhbat hamda mahorat dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Shundan so‘ng oʻquvchi-yoshlar tomonidan berilgan savollarga professor-oʻqituvchilar tomonidan yetarlicha javoblar berildi.
Kunning ikkinchi qismida jamoamiz aʼzolari maktab direktori boshchiligida oʻquv binolari hamda oʻquv jihozlari bilan tanishib chiqdilar va oʻqituvchilar bilan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bilan oʻrtoqlashdilar.
Bu yerdagi muhit va oʻquvchilar koʻzidagi shijoat professor-oʻqituvchilarni mamnun etdi. Ushbu tashkil etilgan uchrashuvdan maktabdagi jamoa xursand ekanligini takror-takror taʼkidladilar.
Ma'lumot o‘rnida, ushbu kasb-hunar maktabida tahsil olish orqali oʻquvchilar tikuvchilik, avtomobil taʼmirlash, kompyuter, axborot texnologiyalari, sotuvchi va kassir kabi kasb-hunarlarini egallashi mumkin. Maktabda hozirda 238 nafar oʻquvchiga malakali ustozlar tomonidan turli fanlar boʻyicha taʼlim berib kelishmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI