Bugun, 25-mart kuni soat 10:00 hamda 12:00 da Andijon davlat universitetining rektori Akramjon Yuldashev universitetimizning filologiya, ijtimoiy-iqtisodiyot va fizika-matematika fakultetlarining 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Ushbu uchrashuv rektor bilan birgalikda jonli tarzda katta majlislar zalida hamda ma'ruzalar zallarida online tarzda tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda rektor maslahatchisi Azizbek Yuldashev hamda 3-bosqichda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda universitet rektori A.Yuldashev bir qator masalalar bo'yicha alohida to'xtalib o'tdi. Jumladan, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ularni ishga joylashtirish bo'yicha so'z yuritdi. Bundan tashqari, talabaning huquq va majburiyatlari haqida to'laqonli tushunchalar berib o'tdi.
Rektor maslahatchisi Azizbek Yuldashev ham talabalarga murojaat qilib, ularga yaratilayotgan imtiyoz va shart-sharoitlardan unumli foydalanish kerakligini ta'kidladi.
Uchrashuv talabalarning savol va takliflari bilan qizgʻin tarzda boʻlib oʻtdi. Talabalar o'zlarining takliflarini berdilar va ko'plab savollar bilan murojaat qilib, o'zlariga tegishli javob oldilar.
Tashkil etilgan uchrashuv barcha yoshlar uchun foydali boʻldi va talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI