Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI KEGEYLI TUMANIDAGI 19-UMUMTA'LIM MAKTABI BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLAMOQDA
2022-03-25    631

Darhaqiqat, bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pedagoglarga bo‘lgan hurmat va e’tibor tobora  yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, iste’dodli o‘quvchilarni kashf etish, ularni o‘zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo‘naltirish ta’lim sohasining muhim vazifasiga aylandi.



Mana shunday tizimli ishlarni bugun, 25-mart kuni Qoraqalpog'iston respublikasi Kegeyli tumanining 19-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari va o‘quvchilari uchun Andijon davlat universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan master klass darslari tashkil etildi.



Ushbu uchrashuvda 19-maktabda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar, mahalla yetakchilari, maktab o‘quvchilari va maktab yaqinida yashovchi uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu o‘tkazilgan seminar davomida o‘quvchi-yoshlarga Oliy taʼlimda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar va bugungi kunda dolzarb mavzu boʻlib kelayotgan chet tillarini bilish darajasi toʻgʻrisida atroflicha tushunchalar berib oʻtildi.



Maʼlumot o‘rnida aytish joizki,19-umumtaʼlim maktabida 154 nafar oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda hamda 1453 nafar oʻquvchi tahsil olib kelmoqda.

Shuningdek, ushbu uchrashuvning yanаda qiziqarli o'tishini ta'minlash maqsadida universitetimizning professor-o'qituvchilari tomonidan stol tennisi o'yini tashkil etildi. Bunda professor-o'qituvchilarimiz bilan birgalikda 19-umumtaʼlim maktabining o'qituvchilari o'zaro bellashdi.
 



Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilotining faol talabasi A. Mirzakarimov gitara cholg'usida Qoraqalpoq tilida qo'shiqlar ijro etib berdi.



Uchrashuv so‘ngida maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi va ushbu uchrashuvni tashkil qilgan universitetimizning jonkuyar professor-o‘qituvchilariga o‘zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.