“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yilning 16-iyun kuni o’tkazilgan 34-sonli yig’ilish bayoni ayrim bandlari ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 23-iyuldagi 314-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetida “Karyera markazi” tashkil qilindi.
Shu bilan birga 2022- yil 4-mart kuni davlatimiz rahbarining raisligida otkazilgan yig’ilishda yoshlar bandligini taminlash, mehnat bozoriga malakali kadrlarni tayinlash, yoshlar tadbirkorligini qollab quvvatlash yuzasidan bir qancha vazifalar belgilab berilgan. Shu vazifalar ijrosini bajarish maqsadida, Andijon davlat universitetida elektron “Karyera markazi” platformasi yaratildi.
Bu platforma orqali talabalar respublika miqyosida bo’sh ish o’rinlarini izlashi, o’zining malumotlarini platformaga joylashi, hamda ish beruvchilar ham platformada o’zlarining bo’sh ish o’rinlarini e’lon qilishi va talabalar tomonidan qoldirilgan ma’lumotnomalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Ish beruvchilar bitiruvchi talabalar hamda ishlash istagini bildirib o’zi haqida malumot qoldirgan talabalar bilan bog’lanishi yoki aksincha, talabalar ish beruvchilar bilan bog’lanib ishga joylashish masalasida qulayliklarga ega bo’ladilar.
Platformaga adukaryera.uz havola orqali boglanishingiz mumkin. Agar ushbu platforma yuzasidan qandaydur savollar yoki ma'lumotkerak bo'lsa Andijon davlat universiteti "Marketing va talabalar amaliyoti" bo'limiga murojaat qilishlaringiz mumkin.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI