Andijon Davlat
Universiteti
SAODAT SOHILI
2018-02-21    6507

Shox va shoir, mahoratli sarkarda, o‘zbek mumtoz she’riyatining, o‘zbek nasrining zabardast ustunlaridan biri, “Boburnomadek” memuar asari orqali ilm-fanning 10 dan ziyod sohalari rivojiga ulkan xissa qo‘shgan qomusiy alloma, Andijon farzandi  Zaxiriddin Muhammad ibn Umarshayx mirzo - Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi Bobur maydonida viloyat hokimi Shuxratbek Abdurahmonov ishtirokida g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi.Unda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, shoir va yozuvchilar, viloyatdagi barcha OTM lar, tashkilotlar, AL va KXK lari va viloyat xalq ta’limi bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, Andijon davlat universitetida “Saodat sohili” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni universitet rektori ochib berdi va  barcha tadbir qatnashchilarini qizg‘in tabriklab, Bobur xayoti va ijodi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Tadbir qatnashchilariga Bobur xayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalardan 26 nafariga “Boburnoma” kitobi esdalik sovg‘a sifatida taqdim etildi. Tadbirning eng yosh ishtirokchisi Andijon shahridagi 2-maktabning 1-sinf o‘quvchisi Nurbekjon Qubijonovga Boburning “Boburnoma”  memuar asari taqdim etildi.

Bundan tashqari Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tasviriy san’at va muxandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi iqtidorli talabalari o‘rtasida rasmlar tanlovi, jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan fakultetlararo shaxmot sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.. O‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-,2-,3-o‘rin va qizlar o‘rtasida 1-,2-,3-o‘rin sohiblari hamda rasmlar tanlovi g‘oliblari tadbir davomida xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.