Tartib intizom bor joyda har doim yuksalish hamda rivojlanish bo'ladi. Bugun, 19-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida rektor maslahatchisi Azizbek Yuldashev hamda universitet moliya va iqtisod ishlari bo`yicha prorektor S.Dumayev boshchiligida universitetimiz ishchi-xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda universitetimizda faoliyat olib borayotgan xisobxona bo'limi xodimlari, xo'jalik bo'limi, universitet haydovchilari va bir qancha bo'lim ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvda, dastlab, so'zga rektor maslahatchisi Azizbek Yuldashev so'z oldi va o'z so'zida eng asosiy masala ish faoliyatida tartib intizomi va talablariga qat'iy rioya etish, xodimlar bilan bog'liq salbiy holatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi.
Universitet Moliya va iqtisod ishlari bo`yicha prorektor S.Dumayev so'zga chiqib barcha ishchi-xodimlarni o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishligi, Andijon davlat universiteti hududiga begonalarning kirib chiqishini qattiq nazoratga olinishi, ishchi-xodimlar tomonidan amaldagi qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar talablariga rioya etish, o‘z lavozimiga beparvo munosabatda bo‘lmaslik masalalari xususida gapirib o'tdi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv so‘ngida, kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan mas'ullarga kerakli topshiriqlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI