Ma'lumki, korrupsiya kelajak uchun tahdid soluvchi illatlardan biri. Shu sababli korrupsiyaga qarshi birlashish maqsadida bugunga kelib bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun, 17-mart kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi.
Ushbu davra suhbatida universitetning prorektorlari, rektor maslahatchisi, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat’’ tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i, universitet yuriskonsulti hamda jismoniy madaniyat, ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika fakulteti professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.
Dastlab, o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonov universitetimizdagi korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so’z yuritdi hamda bu ishlar o’z samarasini berib kelayotganini ta'kidladi.
So’ng, korrupsiyaga qarshi kurashish ‘’Komplayens nazorat’’ tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i A.Akbarov jamiyatning zavolga yuz tutishiga sabab bo’luvchi korrupsiyaga qarshi barcha birdek yondashish lozimligini ta’kidladi.
Universitet yuristkonsulti M.Sodiqova hamda rektor maslahatchisi Azizbek Yuldashev o’z nutqida ushbu illat nafaqat universitetimiz rivojiga, qolaversa, butun jamiyatimizga ziyon yetkazishini ko’p misollarda ko’rsatib o’tdi.
Azizlar, korrupsion holatni keltirib chiqargan shaxslar qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi hamda unga qonuniy tartibda jazo tayinlanishini unutmaylik.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI