Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 4-mart kungi video selektor yig’ilishi o’tkazildi. Ushbu yig’ilida berilgan topshiriqlarni ijrosini taminlash maqsadida universitetimizda turli tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.
Shunday tadbirlardan biri joriy yilning 17-mart kuni Maktabgacha taʼlim fakultetida Andijon viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi bilan hamkorlikda talabalarning bandiligini taminlashga bag'ishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Unda Maktabgacha ta'lim fakulteti dekani Z.Azimova hamda boshqarma boshligʻi A.Azimov bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlash bo'yicha yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan yengilliklar haqida so'z yuritdilar.
Uchrashuv davomida talabalar boshqarma boshligʻiga ishga joylashish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdilar va soha mutaxassislari tomonidan yetarlicha javob oldilar.
Ushbu uchrashuv bitiruvchi kurs talabalari uchun ishga joylashishda dasturi amal boʻladi deb umid qilamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI