Andijon Davlat
Universiteti
HUQUQ-TARTIBOT ORGANLARIDA ISHLASH ISTAGIDA BO‘LGAN BITIRUVCHI KURS TALABALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2022-03-18    566

Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan talabalarni bandligini ta'minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘tkazilgan videoselektorda belgilab bergan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida bugun, 17-mart kuni Huquq-tartibot organlarining xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshliqlari hamkorligida Andijon viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari, xususan, Andijon davlat universitetining bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta'minlashga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Andijon viloyatidagi huquq-tartibot organlarining xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshliqlari, Andijon viloyatidagi barcha oliy o‘quv yurtlarining ushbu sohalarga qiziquvchi hamda ishlash istagida bo‘lgan bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlash bo‘ldi. Mana shu sohada ishlash istagida bo‘lgan talaba-yoshlarga shu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan ish faoliyatlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Samimiy suhbat shaklida kechgan ushbu uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan yetarlicha javob oldi. Bu uchrashuv bitiruvchilar uchun foydali bo‘ldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.