Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ PROFESSOR-O'QITUVCHILARI O'RTASIDA "KORRUPSIYAGA QARSHI BIRLASHAMIZ" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
2022-03-16    537

Korrupsiya-global muammo. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bir qancha samarali ishlar olib borilmoqda. 

Bugun, 16-mart kuni Andijon davlat universiteti faollar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ushbu suhbatda prorektorlar, rektor maslahatchisi, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi, universitet yuriskonsulti, sanʼatshunoslik, tabiiy fanlar va fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

 

 

Dastlab, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Rustamjon Mullajonov soʻz olib, universitetimizda korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida soʻzlab, bu ishlar oʻz samarasini koʻrsatayotganini aytib oʻtdi.

 

Shundan so'ng, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A. Akbarov soʻz olib, jamiyat kushandasi boʻlgan ushbu illatga qarshi kurashishda barchamiz birlashib harakat qilishimiz lozimligini aytdi.

 

Universitet Yuriskonsulti M. Sodiqova ham nutqlarida korrupsiyaning nafaqat universitetimiz, balki butun jamiyat uchun katta zarar yetkazishini aytib oʻtdi.

 

Shuningdek, Rektor maslahatchisi Azizbek Yuldashev esa masalaga huquqiy jihatdan yondashib, korrupsion jinoyatga qoʻl urgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi va ushbu jinoyatga qonunda belgilangan tartibda jazo berilishini aytib o'tdi. Ushbu tadbirdan barcha qatnashchilar o’zlari uchun foydali va kerakli xulosalar oldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.