Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABA-QIZLARI O'RTASIDA "BAHOR MALIKALARI" KO'RIK-TANLOVI O'TKAZILDI
2022-03-16    793

Universitet xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi tashabbusi asosida “Navroʻz” - Umumxalq bayrami munosabati bilan universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar oʻrtasida milliy va anʼanaviy qadriyatlarni keng targʻib qilish, ularni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash hamda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish maqsadida “Bahor malikalari” tanlovi tashkil etildi.

Tanlov davomida talaba qizlar oʻsma qoʻyish, soch oʻrish va bahoriy kiyinish (milliy kiyimlar asosida) boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Natijalarga koʻra, fizika-matematika hamda tabiiy fanlar fakulteti 1-oʻrinni, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti 2-oʻrinni, filologiya hamda jismoniy madaniyat fakulteti talaba-qizlari 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.


Tanlovda ishtirok etgan talaba-qizlarning barchasi esdalik sovgʻalari bilan, gʻoliblar esa universitet rektorining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.