Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZNING KICHIK MAJLISLAR ZALIDA KENGAYTIRILGAN KENGASH YIGʻILISHI OʻTKAZILDI
2022-03-15    602

Kuni kecha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov oʻtkazgan kengaytirilgan hayʼat yigʻilishida belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, 15-mart kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida universitet rektori A.S. Yuldashev rahbarligida kengaytirilgan kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu yigʻilishda 56 nafardan ortiq masʼullar, xususan, universitetimizda faoliyat olib borayotgan prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boʻlim boshliqlari ishtirok etdilar.

Unda 2021-yilda ilmiy sohada olib borilgan ishlar natijasi, jumladan, ilmiy yutuqlar va kamchiliklar tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

 

Yigʻilishda koʻrib chiqilgan bir qancha muhim masalalar yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Yigʻilish yakunida barcha masʼullarga koʻtarilgan masalalar boʻyicha amalga oshiriladigan aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Yigʻilishida eʼtiborga olingan masalalar yuzasidan olib boriladigan ishlar universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalishiga yordam beradi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.