Andijon Davlat
Universiteti
FILOLOGIYA FAKULTETIDA SHOIR ABDULLA VAXSH BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
2022-03-14    545

Bugun, 14-mart kuni Andijon davlat universitetining filologiya fakultetida shoir Abdulla Vaxsh bilan uchrashuv o'tkazildi.

Fakultet dekani Bahodir Rahmonov boshchiligida tashkil etilgan ushbu adabiy-badiiy uchrashuvda "Turon" xalqaro yozuvchilar uyushmasi raisi Abdulla Vaxsh hamda Yozuvchilar uyushmasi a'zosi G'ofurjon Tojiboyev va fakultetning professor o'qituvchilari, shuningdek, talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida G'.Tojiboyev shoir haqida o'zining iliq so'zlarini va uning ijodi bo'yicha teran fikrlarini bayon etdi.

Fakultet dekani B.Rahmonov ham Abdulla Vaxsh ijodiga alohida to'xtalib, uning o'zgacha badiiy estetik didga egaligi va go'zal tashbehlar orqali yaratilgan satrlarini eslab she'rlar o'qidi.

Ushbu badiiy kecha juda qiziqarli va mushoiraga boy tarzda bo'lib o'tdi. Fikrlar fikrlarga ulanib, uchrashuv adabiy suhbat shaklida davom etdi. Talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi hamda shoir ijodidan she'rlar o'qidi.

Tashkil etilgan uchrashuv so'ngida fakultet dekani B.Rahmonov shoir Abdulla Vaxshga to'n kiygizdi va mehmonlarga universitet nomidan esdalik sovg'alar taqdim etdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.