Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA O’TKAZILGAN ''ONLAYN QIZLAR VIKTORINASI'' G’OLIBLARI TAQDIRLANDI
2022-03-12    560

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-mart kuni universitetimizda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan "Onlayn qizlar viqtorinasi" o'tkazilgan edi.

Ushbu viktorinada ishtirok etib g'olib bo'lgan talaba-qizlarimizni bugun, 12-mart kuni universitetimizning kichik majlislar zalida Andijon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Hamraqulov va Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi raisi U.Ahmedova tomonidan viktorinada munosib ishtirok etib barcha savollarga to'liq javob bergan talaba-qizlar sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

G'olib bo'lgan talabalarimizni chin yurakdan muborakbod etamiz hamda kelgusida bundanda yuqori choqqilarni egallashini tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.