Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SUD-HUQUQ MASALALARI QO‘MITASINING ISHCHI GURUHI A’ZOLARI BILAN DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI
2022-03-11    629

Bugun, 11-mart kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining ishchi guruh azolari boshchiligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining ishchi guruh a'zolari va Andijon viloyatidagi barcha oliy ta'lim muassasalari rektorlari, korrupsiyaga qarshi "Komplayens nazorat" bo‘limi boshliqlari, ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshliqlari qatnashdilar.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta'limni korrupsiyasiz sohaga aylantirish, korrupsiya jamiyat rivojlanishini orqaga tortuvchi bosh omil ekanligi va bu illatga qarshi kurashishda birlashish kerakligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Korrupsiyani oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan targ‘ibot tashviqot tadbirlarini yanada ko‘paytirish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarini mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ma'lumotlarni tayyorlash, tarqatish, mavzuga oid bosma materiallarni chop etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bo'lib o'tgan suhbat so‘ngida kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni rejalashtirib olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.