Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON VILOYATI HOKIMI UNIVERSITETIMIZDA
2022-03-10    656

Bugun, 10-mart kuni Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Dastlab, Shuhratbek Abdurahmonov universitetda yangi tashkil etilgan Registrator offis bilan tanishdi. Ma'lumot o'rnida ushbu Registrator offis boshqarmasi ta’lim jarayonlarini to’g’ri yo’lga qo’yishdan tashqari 36 turdagi ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi.

Uchrashuv avvalida viloyat hokimi kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan  OTMlar talabalari ishlab, daromad topishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida talabalar ham o‘qib, ham amaliyot o‘tashlari, ham qo‘shimcha daromad topishlari uchun yaratiladigan sharoitlar, unda belgilab berilgan vazifalar xususida ma’lumot berib o‘tdi va shu yerning o'zida universitetning bitiruvchi talabasi Shavkatbekov Rustambekga tadbirkorligini rivojlantirish uchun 20 million so'm naqd pul topshirdi.

Bundan tashqari, viloyat hokimi bitiruvchi talaba-yoshlarni ish o'rni bilan band qilish masalasiga alohida e'tibor berdi.

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetining kunduzgi ta'lim shaklida 13 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.

Yoshlar bilan samimiy suhbat davomida viloyat rahbari mamlakatimiz, jumladan, viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim - tarbiya olayotgan talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda berilayotgan imkoniyatlar xususida atroflicha fikr mulohazalar bildirdi.

Shuningdek, joriy oʻquv yilida universitetni tamomlayotgan 2 ming 396 nafar bitiruvchini ish bilan taʼminlash masalalari va bu boradagi imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar xususida soʻz yuritildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, hozirda Andijon davlat universiteti bitiruvchilarining 40 foizi o'z mutaxassisligi boʻyicha ish faoliyatini olib bormoqda.

Shuningdek, uchrashuv davomida Viloyat hokimi tomonidan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori hamda nomdor stipendiya sovrindorlari viloyat hokimi tomonidan guldastalar bilan taqdirlandi.

Ushbu uchrashuv erkin muloqot tarzda bo'lib o'tdi va bunda talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldi hamda viloyat rahbari bilan birgalikda o'z fikrlarini almashdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.