Bugun, 9-mart kuni Andijon davlat universitetining 2-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Talabalar turar joyida talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularga shart-sharoit yaratish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat xonalari, turli xil to'garaklar (kompyuter, shashka, shaxmat, pazandachilik, tikuvchilik) tashkil qilinib, talabalar uchun to'garaklar mutaxassislar tomonidan belgilangan jadval asosida o'tkazilmoqda.
Shuningdek,talabalar turar joyida tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov va talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlar o'rtasida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida talabalarni qiynayotgan muammoli masalalarni yechish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi. Suhbat so'ngida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga dekan Ravshanbek Shamsitdinov tomonida yetarlicha javob oldilar.
Oʼtkazilgan davra suhbatidan koʼzlangan maqsad, nafaqat, talabalar turar joyida yashovchi qizlarni bo'sh vaqtlarini unumli taqsimlash, balki muomala madaniyati, axloqiy qadriyatlar haqidagi bilimlarini kengaytirish ham kòzda tutilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI