Bugun, 9-mart kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev universitetimiz tasarrufidagi 1-2-3-talabalar turar joylariga borib, talabalarning yashash sharoitini o'rgandi hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Hatto hozir kech bo'lishiga qaramasdan shaxsan rektorimizning o'zlari talabalar bilan suhbatlashib, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun nimalarga ko'proq e'tibor berish haqida talabalar bilan fikr mulohazalar almashdi.
Bundan tashqari, talabalar turar joylarini yaxshilab ko'zdan kechirib, kamchiliklar mavjud bo'lgan talabalar turar joylarida ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ul xodimlarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, TTJ da joylashgan kutubxona va kompyuter xonalarini ko'rib, u yerda dars tayyorlayotgan va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazayotgan talabalar bilan suhbatlashdi.
Universitetimiz rektori har bir jabhani inobatga olgan holda, eng avvalo, talaba-yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida tashkil qilingan to'garaklar va ularning faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI