Andijon Davlat
Universiteti
AYOL BORKI – OLAM MUNAVVAR
2022-03-05    972

Bugun, 5-mart Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayol borki – olam munavvar” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Yangilanish va yasharish fasli bo’lmish bahor faslining ilk bayrami ham o’zgacha shukuhda, o’zgacha kayfiyatda tashkillashtirildi.

 

O’tkazilgan ushbu bayramda universitet rektori Akromjon Yuldashev, prorektorlar, ayol professor-o’qituvchilar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Dastlab, universitet rektori Akromjon Yuldashev so’zga chiqib, o’zining eng samimiy, eng jozibali  so’zlari bilan universitetning barcha ayol va qizlarini bayram bilan qutladi hamda tadbirga yig’ilgan barcha xotin-qizlarga guldastalar taqdim etdi.

Tadbir ko’tarinki ruhda boshlandi. Xalq hofizi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist  Ilhomjon Ibragimov tashrif buyurib, universitet ayollariga bag’ishlab qo’shiqlar aytdi va latofatli ayollarimiz uchun guldastalar tarqatdi hamda bayramona qo’shiqlari bilan hammani raqsga chorladi.

Shundan so'ng, universitetimizning faol talabalari tomonidan kuy va qo’shiqlar ijro etildi va raqslar guldastasi taqdim etildi.

Bayramga yig’ilgan barcha ayollar go’zal va sho’x kuylar ohangida raqsga tushdi.

Tadbirdan so’ng Andijon davlat universitetining 1-oshxonasida universitetda ish-faoliyatini olib borayotgan go’zal ayol va qizlar uchun universitet ma’muriyati tomonidan bayram dasturxoni tashkil etildi.

 

Mo'jiza yaratmang mayli ayol  deb,

Shundoq ham bu hayot o'xshar  ertakka.

Qo'lingizdan kelsa qo'rg'on  bo'ling siz,

Ayol zor bo'lmasin bir mard  erkakka.

Mo'jiza shart emas, arting  yoshini,

Tundan keng osmoni torayib  ketsin.

Bir silab qo'yingiz toshdek  boshini

Oqargan sochlari qorayib ketsin.

Mo'jiza izlaysiz ko'ngil be ega.

Sarg'ayib boradi sabrdan yuzi.

Nega anglamaysiz, ko'rmaysiz  nega?

Axir mo'jizaku ayolning o'zi…

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.