Go‘zallik va nafosat bayrami bo‘lmish 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati hamda talaba qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida universitet xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovlari tashkil etilgan edi.
Xuddi shu munosabat bilan bugun, 4-mart kuni universitetimizning barcha talabalar turar joylarida yashovchi g‘olib bo‘lgan qizlar o‘rtasida "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bellashuvda Bobur nomidagi viloyat kutubxonasi rahbari Gulnoraxon Ismoilova, viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari Muqaddasxon Karimova, viloyat bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimova, viloyat hokimligi diniy va jamoat tashkilotlari bilan ishlash boshqarmasi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Irodaxon Ahmedovalar tashrif buyurishi bilan barobarida davramizga hakamlik ham qildi va odilona baholadi. Universitet xotin-qizlar kengashi raisi Umidaxon Ahmedova boshchiligida tashkillashtirilgan ushbu tanlovda talabalar turar joylari komendantlari va talaba-qizlar ham faol ishtirok etdi.
Dastlab, so‘zga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov chiqib, kirib kelayotgan 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi.
Tanlov davomida qizlar pazandalik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, o‘z qiziqishlari hamda ijodkorlik mahoratlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Bellashuv yakunida 1-o'rinni egallagan san'atshunoslik fakulteti talabasi Ibrohimova Nasibaxonga universitet rahbariyati tomonidan Notebook, qolgan barcha ishtirokchilarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI