Tabiat osmonu zaminga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlayotgan uyg‘onish faslining ilk bayrami-8-mart- Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Andijon viloyatining bir qator faol qizlari uchun "Hokim va qizlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bu tashkil etilgan uchrashuvda hokim o‘rinbosari Muhammadjon Nishonov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi Mavludaxon Nizamova, "Zulfiya" davlat mukofoti sovrindorlari, nomdor stipendiya sohibalari hamda Andijon viloyatining iqtidorli faol qizlari ishtirok etdi.
Dastlab, hokim o‘rinbosari Muhammadjon Nishonov Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va qizlarni kirib kelayotgan bayram bilan samimiy qutladi.
Bayram dasturi davomida Andijonning chin ma'nodagi lider qizlari o‘zlarining qalb qo‘ridagi samimiy bayram tadbirlari bilan qizlarni tabrikladilar, turli xil ko‘ngil ochar konsert dasturlari ishtirokchilar diqqatiga namoyish etildi.
Tadbir yakunida, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mavludaxon Nizamova ham kirib kelayotgan bayram bilan barchani tabriklab bir qator iqtidorli faol qizlarni viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan sovg‘alarni o’z egalariga topshirdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI