O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 19-yanvar kungi PQ-92-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun 2-mart kuni Andijon davlat universiteti Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumanining 74 ta mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat olib borayotgan mahalla yetakchilarini sport anjomlari bilan ta'minladi.
Ushbu tantanali tadbirda Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev shaxsan o'zlari boshchiligida mahalla yetakchilari uchun sport anjomlarini topshirdi va mana shunday tashabbus barcha yoshlarni xursand qildi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumanidagi mahallalarida ham uyushmagan yoshlarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish, yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ularni sportga jalb etish, sog'lom turmush tarzini takomillashtirishdir.
O'ylaymizki, bunday imkoniyatlardan yosh avlodda vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni xar tomonlama yetuk barkamol qilib voyaga yetkazish uchun oila, mahalla, ta’lim muassasalari birgalikdagi faoliyatini ta’minlash oliy maqsadimiz hisoblangan ozod va obod erkin va farovon hayot barpo etish uchun asos bo‘ladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI