Andijon Davlat
Universiteti
ADABIYOT BILAN HAMNAFAS BO'LAYLIK
2022-03-01    516

Kuni kecha O'zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati axborot-resurs markazida adabiy-badiiy anjuman bo'lib o'tdi.

Ushbu anjumanda Andijon davlat universiteti filologiya fakultetining professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Shuningdek, Muhammad Yusuf ijod maktabi o'quvchilari hamda Milliy gvardiya xodimlari ham faol qatnashdi.

O'tkazilgan anjuman talaba-yoshlarda Muhammad Alini yanada yaqinroq tanishga, ijodining serqirra ekanligiga qiziqish va havas uyg'otdi.

Xabaringiz bor, 1-mart - O'zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining tavvallud kuni.

Muhammad Ali - "Sarbadorlar", "Ulug' saltanat" romanlari va "Gumbazdagi nur" kabi dostonlar muallifi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.