Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZNING TALABALAR TURAR JOYIDA "QIZLAR DAVRASI" KO‘RIK-TANLOVI DAVOM ETMOQDA
2022-03-01    635

"8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan hamda talabalar turar joylarda yashovchi talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida universitet xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 2022-yilning 25-fevral kuni 3-sonli, 28-fevral kuni 1-2-sonli, 1 mart kuni 6-sonli TTJda yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

 

Ko‘rik-tanlov davomida qizlar pazandachilik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyotmutolaasi, o‘z qiziqishlari va ijodkorlik mahoratlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

 

Tanlovning xolis va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Hakamlar xay’ati a’zoligiga Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor M.Mahkamov, Universitet matbuot kotibi I.Djumabayev, Axborot texnologiyalari fakulteti dekani A.Medatov, universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi O.Olimjonov, fakultet dekanlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari jalb qilindi.

 

Juda ko‘tarinki va bayramona ruhda o‘tgan ko‘rik-tanlov so‘nggida ishtirokchi qizlarning barchasi universitet rahbariyatining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.