Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TOMONIDAN QO’RG’ONTEPA TUMANINING “ZARBULOQ” HAMDA “SAVAY” MFYDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI
2022-02-26    915

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 19-yanvar kungi PQ-92-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 26-fevral kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumanining “Zarbuloq” va “Savay” MFYda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi.

Ushbu tadbir dastlab, “Savay” MFYda joylashgan madaniyat uyida 2-maktab o’quvchilari hamda mahalla yoshlari uchun tadbir tashkil etildi. Tadbirni ochib berish uchun universitet rektori A.Yuldashev so’zga chiqib yoshlar o‘rtasida ma’naviy - ma’rifiy va ommaviy sport tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish borasida mahallalarda samarali ishlar olib borishini aytib o’tdi.

Shundan so’ng, tadbirda universitetimizning QVZ terma jamoasi a’zosi Abbosbek Mirzakarimovning hamda ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining “Iqtisodiyot” quvnoqlar va zukkolar jamoasi sahna ko’rinishlari bilan tadbirga o’zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Shuningdek, “Zarbuloq” MFYda universitetning “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoalarining sahna ko‘rinishlari, “Nixol” maqomchilik ansambli tomonidan tayyorlangan, kengaytirilgan konsert dasturlari davraga kо‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Talabalarimiz tomonidan ijro qilingan shо‘x raqslar barchaning kayfiyatini ko’tardi.

Tadbir so’ngida, universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev tomonidan “Savay” mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat ko’rsatib kelayotgan mahalla yetakchisiga ushbu mahalla yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport bilan shug’ullanishlari uchun sport anjomlari sovg’a tariqasida topshirildi.

Madaniyat uyi bo’limi boshlig’i Andijon davlat universiteti jamoasiga o’zining, qolaversa yoshlarning nomidan samimiy minnatdorchilik bildirdi va mahalla aholisi universitetimiz jamoasi bilan mamnuniyat bilan kelgusida yana diydorlashish ilinji ila xayrlashishdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.