Andijon Davlat
Universiteti
TALABALAR TURAR JOYIDA QIZLARNING BOʻSH VAQTLARI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA
2022-02-25    683

Universitetimizning 1-talabalar turarjoyida "Qizlarjon" klubi faollarining tashabbusi bilan "Mohir qoʻllar" toʻgaragi tashkil etilgan.

Joriy yilning 23-fevral kuni navbatdagi mashgʻulotda filologiya fakultetining tyutori Xodjayeva Dilfuzaxon tomonidan talaba-qizlarga oʻzbek milliy taomlaridan biri boʻlgan chuchvaraning toʻliq tayyorlash jarayoni koʻrsatib berildi.

Ushbu toʻgarakda filologiya fakultetida tahsil oluvchi talaba-qizlarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, qoʻshimcha kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida turli tanlovlar va samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Talaba-qizlar ushbu toʻgarakda pazandachilik, tikuvchilik, qoʻl mehnati yordamida taqinchoqlar yasashni oʻrganadilar. Talabalarimizga shu sohalarda yetarli bilimga ega boʻlgan ustoz va malakali mutaxassislar oʻrgatadilar.

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.