Joriy yilning 23-fevral kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev universitet moddiy-texnik bazasi va o‘quv jarayonini ko‘zdan kechirish maqsadida fakultetlarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
Dastlab, universitet rektor A.Yuldashev tabiiy fanlar fakultetiga tashrif buyurib, u yerdagi auditoriyalar, laboratoriyalarni ko‘zdan kechirdi va fakultetdagi professor-o’qituvchilar, magistr-talabalar hamda ishchi-xodimlar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berib o‘tdi.
Shundan so’ng, mas’ul xodimlar bilan fizika-matematika fakultetida bo‘ldi. Rektor fakultetda mavjud laboratoriyalar, o’quv xonalarning holatini o’rgandi, so’ngra talabalarning o‘qishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bir qancha topshiriqlar berdi.
So’ngra, universitetimizda mavjud axborot-resurs markazida ham bo’ldi. Markazda talabalar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ushbu markazda tashkil etilgan IT markazining faoliyatini o’rgandi va mana shu yerdagi faoliyat olib borayotgan talaba-yoshlar bilan suhbatlashib, ular olib borayotgan loyihalar bilan tanishdi. Ayrim talabalar o‘zlari tayyorlagan yangi dasturlar taqdimotlarini o‘tkazdilar. Rektor yosh dasturchilarning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
O’rganish jarayonining so’ngida universitet rektori A.Yuldashev tomonidan ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashga mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni yangicha usuldagi metodlar qo‘llash orqali dars jarayonini tashkil etish hamda talaba-yoshlar uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratish bo’yicha topshiriqlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI