Universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan 2022-yilning 24-fevral kuni 4-5-sonli TTJda yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan hamda talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlov davomida qizlar pazandachilik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, o‘z qiziqishlari va ijodkorlik mahoratlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlovning xolis va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Hakamlar xay’ati a’zoligiga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy tadqiqot institutining "Ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish" bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari bòyicha falsafa doktori Ismoilova Xurshida Toxirovna, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ominaxon Ibragimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, xalq deputatlari Andijon tuman kengashi deputati Sardor Sirojiddinov kabi hamkor tashkilotlardan vakillar jalb qilindi.
Ko‘tarinki va bayramona ruhda o‘tgan ko‘rik-tanlov so‘nggida ishtirokchi qizlarning barchasi universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI