Bugun, 24-fevral kuni “Yil talabasi – 2021” ko‘rik-tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimiga Andijon viloyati mezbonlik qildi. Taqdirlash marosimini Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Yusuf Absoatov ochib berdi. U o’z so’zida Andijon viloyati, uning tarixi, andijonlik mashhur insonlar haqida gapirib, ushbu marosimning aynan Andijonda bo’lib o’tayotganidan mamnun ekanligini bildirib o’tdi.
So’ngra “Yil talabasi – 2021” tanlovi g’oliblari o’z yo’nalishlari bo’yicha taqdirlandilar. Diplom va esdalik sovg’alarini Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Yusuf Absoatov O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig’i Umidillo Sattarov va Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari topshirdilar. So’z olgan rektorlar g’oliblarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi ishlariga zafarlar tiladilar.
Tadbir davomida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Murodiljon Hakimov, Ilhom Ibrohimov hamda Andijon davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti ustozlari ijrosidagi taronalar yig’ilganlarnimg kayfiyatini ko’tardi. Tadbir samimiy raqslar bilan chin ma’noda bayramga aylanib ketdi.
Tadbirdan so’ng mehmonlar bilan universitet ko’chasida joylashgan “Meradi” kafesida tushlik dasturxoni tashkil etildi. So’ngra tashrif buyurgan mehmonlar, tanlov g’oliblari Andijon davlat universiteti qoshida tashkil etilgan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi" eksponatlari bilan tanishish uchun yo‘l oldilar. Muzeyda tarix fanlar doktori, professor Rustamjon Shamsutdinov shaxsan o’zlari boshchiligida el-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to'laqonli aks ettirgan muzeyga sayohat davomida mehmonlar Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti bilan tanishdilar. “Qatag’on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurib, eksponatlar bilan tanishdilar. Tashrif so’ngida muzey rahbari, tarix fanlari doktori, professor R. Shamsutdinov mehmonlarga o’z muallifligidagi kitoblarni sovg’a qildi.
Shundan so’ng respublikadan tashrif buyurgan delegatsiya tarkibidagi mehmonlar Andijonning shinam va bahavo joylari bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatidagi “Bog‘i Bobur” istirohat bog‘ida bo’ldilar. U yerda Zahiriddin Muhammad Bobur qabri ziyorat qilinib, Qur’on tilovat o’qildi.
Tashkil etilgan tadbirlar va sayohatlardan respublikadan tashrif buyurgan mehmonlarning barchalari katta taassurotlar bilan qaytdilar va Andijon davlat universitetidan o'zlarining mehnatlarini ayamay faol ishtirok etgan tashkilotchilarga samimiy minnatdorchiligini bildirdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI