Andijon Davlat
Universiteti
TARAQQIYOT STRATEGIYASI – XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISH, INSON QADR-QIMMATINI VA UNING QONUNIY MANFAATLARINI TA’MINLASH GAROVI
2022-02-22    1320

Bugungi Yangi O‘zbekistonning “Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyaviy konsepsiyasi barqarorlikka erishib borayotgan davlatlarning biri sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda.  Chunki, taraqqiyot strategiyasiga asoslangan milliy mafkuraviy tizim davlat va jamoat tashkilotlarining g‘oyaviy asosiga aylanib ulgurgan. Buning asosiy sababi, rivojlangan davlatning pirovard maqsadi, o‘z xalqi uchun erkin va farovon hayot yaratib berishdan iborat ekanligidadir.”

Zamonaviy davlatlarda barcha sohalarning o‘z milliy strategiyasi mavjud bo‘lib, shuningdek har bir sohaning milliy taraqqiyot dasturi - siyosiy, ilmiy, falsafiy, texnikaviy, tibbiy va hokazo ta’limotlarda alohidalik kasb etadi.

Misol uchun, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va milliy ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqildi. Demak, bundan ko‘rinadiki, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarning har birida amal qilishi mumkin bo‘lgan taraqqiyot strategiyasi, g‘oya va dasturlari mavjud bo‘ladi. Shuningdek, soha rahbarlarining g‘oyaviy strategik jihatdan mustaqil va o‘ziga xos prinsiplari hamda ularning faoliyat turlariga qarab rivojlanib borishi qonuniyat amal qiladi.

Yangi O‘zbekiston davlatida bu kabi huquqiy davlat tizimini isloh qilishning eng ustuvor yo‘nalishi, bir-birini takrorlamaydigan faoliyat  va vakolatga ega bo‘lishidadir. Uning boshqa davlatlardan o‘ziga xos jihatlari asosan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishdan iborat bo‘lishi va ushbu organlarning ishiga faqat xalq o‘z munosabati va bahosini bera olishi strategik mezon hisoblanadi.

Bugungi kunda demokratik tamoyillar nisbatan barqaror amal qilib turgan davlatlarda jamiyat ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshqarishda siyosat va huquq mutanosibligi ko‘zga tashlanadi. Bunday sharoit insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy intizomga va siyosiy normalarga muvofiq tarzda saqlab turish orqali siyosiy barqarorlik imkoniyatini yaratadi.

Bu borada davlat organlari rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy asosga qo‘yish, rejalashtirish, samaradorligini oshirish hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. “ Ko‘zbo‘yamachilik, odamlarni qiynash, sohta va balandparvoz gaplarga o‘chlik yillar davomida ba’zi rahbarlarning qon qoniga shu qadar singib ketgan ediki, ulardan qutulish qiyin bo‘lyapti. Lekin qanday bo‘lmasin, bu kabi illatlarga butunlay chek qo‘yishimiz kerak. Chunki bunday holatlar rostgo‘y, soxta ishni umuman qabul qilmaydigan xalqimizning asl tabiatiga mutlaqo yotdir... . Boshqacha aytganda, turli bo‘g‘indagi rahbar va ularning o‘rinbosarlari o‘zlarining aniq vazifalari uchun javob beradilar. Shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik barcha boshqaruv idoralari xodimlari uchun bosh mezon bo‘ladi. Umuman, har bir rahbarning kabineti “xalq qabulxonasi”ga aylanishi kerak.   

Bu borada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida boshqaruv tizimining g‘oyaviy kamoloti yo‘lida, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini tanlash, yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlarni shakllantirish “korrupsiya-jaholat”, “gender tenglik”, “jamoatchilik nazorati” “tarbiya mansab tanlamas” “so‘z erkinligi”, “mehr daftari” singari hayotiy ko‘nikmalarni real voqelikka aylanib borayotganini xis qilgan holda siyosiy ahloq talablarining yangi mexanizmlarini yaratish zaruratga aylanadi.

“Mamlakatimizda qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishida, ijro hokimiyati organlarining uyg‘un faoliyat olib borishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Afsuski, bugungi kunda faoliyat yo‘nalishidagi javobgarlik darajasi, vakolat mexanizmlarining aniq chegaralab, belgilab qo‘yilmagani ishimizga halaqit bermoqda. Shu munosabat bilan davlat boshqaruvida ochiqlikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini tadqiq etish lozim.

Boshqaruv tizimida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshqarishda siyosat va ahloqning, funksional jihatdan, farqi hamda umumiyligi mavjud bo‘lsa ham, ularning uyg‘unligini ta’minlash jamiyat taraqqiyotining sharti hisoblanadi. Shuning uchun xar tomonlama chuqur o‘ylab, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini qabul qildik. Mazkur hujjat mohiyatiga ko‘ra, jamiyat hayotining barcha sohalarida tizimli islohotlarning “yo‘l haritasi”ga aylanadi. Zero, yangi davlat  va jamiyat qurilishining demokratik xarakteri konstitutsion, siyosiy va ahloqiy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga asoslanadi.

Darhaqiqat, har qanday jamiyatda, tarixiy davrda siyosiy islohotlar taraqqiyparvar afzal qadriyatlarga tayanmog‘i kerak. Aks holda, mazkur talablarga amal qilmaslik (xatto, ulardan chekinish) Yangi O‘zbekiston boshqaruvida g‘oyaviy savodsizlik, siyosiy mas’uliyatsizlik, ma’naviy-ahloqiy qashshoqlikni namoyon qiladi.

Ijtimoiy aloqalarni boshqarish va tartibga keltirishga yo‘naltirilgan siyosiy normalarning uyg‘unligi jamiyat ma’naviy taraqqiyotining muhim mezoni bo‘lib, ijtimoiy samaradorlik va maqsadga muvofiqlikni belgilaydi. Boshqacha aytganda, jamiyat munosabatlarini ahloqiy meyorlarga ko‘ra tashkillashtirish murakkab voqelik hisoblanib, fuqarolarning qonunlarni hurmat qilib yashash madaniyati  ustuvor siyosiy ko‘rinishga ega bo‘lishiga va siyosatning ahloqiylashish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni g‘oyaviy realizm pozitsiyasidan turib baholashda, muqarrar ravishda, siyosiy o‘ziga xoslik va qadriyatli tamoyillardan ham muhimroq, ya’ni uni harakatga keltiruvchi mohiyatlar asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham rossiyalik siyosatshunos olim K.S.Gadjievning: “Jahon siyosiy maydonida mavqei nisbatan baland davlatlar g‘oyaviy, siyosiy va boshqa qarashlarini ikkinchi darajali vazifa sifatida qarab, real siyosiy voqelikda o‘zlarining milliy manfaatlarini belgilaydilar”,  deb yozishida muayyan haqiqat bor. Risoladagidek aytganda, manfaatlarning o‘zgarishi, bilan jamiyat tuzilmalarining munosabatlari ham, ularning me’yoriy prinsiplari, targ‘ibot vositalari va talablari ham, takomillashib boradi.

Tarixiy davr taqozosi bilan  davlatlarning siyosiy mavqei o‘zgarib turgan. J-ahon siyosiy makonidagi oshkora yoki xufyona manfaatlar kurashida ezgulik va yovuzlik kurashi namoyon bo‘lgan. Insoniyat svilizatsiyasini saqlab qoladigan muqobil kuchlar tarkibida siyosiy ahloqning ustuvor kuchga aylanib borayotganligi ya’ni determinlashtiruvchi omilga aylanishi ob’ektiv qonuniyatdir.

Ijtimoiy-siyosiy munosabatlar sofligini yo‘lga ko‘yuvchi hamda determinlashtiruvchi omillar tizimida ahloqiy normalar va tamoyillarga amal qilish yoki e’tiqod qilishning murakkabligi, bir tomondan, unda odamlarning real tarixiy taraqqiyot darajasidan nisbatan alohida ideallar tarzida ilgari suriladi. Ikkinchidan, alohida bir insonning ahloqiy norma va tamoyillarga rioya etish madaniyati, individual o‘ziga xosligi bilan harakterlanadi. Shuning uchun, jamiyatdagi ezgulik va yovuzlikni baholashda muayyan manfaatdorlik asosidagi yondoshuv natijasida ta’limotlardagi muqobillik mavjud.

Shuning uchun ham O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, insoniyat ijtimoiy-siyosiy munosabatlarini tartibga keltiruvchi ijtimoiy tamoyillarni jamiyatda targ‘ib va joriy qilish vositalarini bilvosita rivojlantirish va mukammallashtirish jarayonidan iboratdir.

Shunday qilib, aytish mumkinki, o‘tmish davrining davlatlar va jamiyatlar strukturasiga mos ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni tizimli tashkil etishda siyosiy afzal qadriyatlarning boshqaruv faoliyati doirasida, siyosiy hamda huquqiy madaniyat unsurlari bilan sintezlashuvi, ushbu jarayonlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat kiladi. Xususan, davlatchilikning tarixiy rivojlanish tajribalaridan ma’lumki, bunday uyg‘unlik jamiyat taraqqiyotini yangi sifat bosqichlariga ko‘taradi.

   Davlatning siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan taraqqiyot strategiyasi kelajakka qaratilgan ulug‘vor g‘oyalarga asoslanmog‘i kerakligi to‘g‘risida rus olimi I.Orlovning “Qadimgi Rossiya xalqining milliy-g‘oyaviy tamoyili “ Yer va erkinlik” mazmuniga ega edi. Davrlar o‘tib kommunizm g‘oyasi milliy g‘oyaning asosiy mezoniga aylandi. Ammo, davlat va jamiyatning milliy strategiyasi mavjud tizim ilgari surishi kerak bo‘lgan g‘oyalarga emas, aksincha kelajakka chorlovchi ahamiyatga ega bo‘lmog‘i darkor”,- deya aytgan fikrlarida haqiqat amal kiladi.

Jahon siyosiy xaritasida ko‘plab davlatlar mavjud bo‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, dinlar, diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatmoqda.  Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshqarish funksiyasi haqida qadimdan xilma-xil, muqobil ilmiy ta’limotlar yaratilib, hozirgi yo‘nalishlari esa, ularning tarixiy va mantiqiy davomiligi va dolzarbligi ortgan albatta.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asarida ... “hozirgi globallashuv jarayonlarida jamiyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni keltirib chiqarayotgan, tinchlik va ezgu qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ko‘paymoqda, bular ichida eng katta havf tug‘dirayotgani terrorizm, ekstremizm, kiber jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabilardir. Ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilayotganligiga urg‘u berilib, tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, halqni tinchligi, O‘zbekiston manfaatlarini o‘ylab yashash zarurligi” ta’kidlanadi. Bu voqealarning haqiqat ekanligini  yaqin kunlarda sodir bo‘lgan “Qozog‘iston voqealari”da ham kuzatish mumkin bo‘ladi va  O‘zbekiston Prezidentining oldindan voqelikni baholay olish darajasi, nechog‘lik aniq ekanligini ham anglatadi.

Yangi O‘zbekiston istiqboli bo‘lgan Taraqqiyot strategiyasi ilg‘or rivojlanish darajasiga erishgan jamiyatlarning yaratuvchanlik ruhiga, yuksak intellektual inson va millat g‘oyasiga aylanishi muqarrar.

         Bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar beqiyos bo‘lib, birgina ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarimizning Yangi O‘zbekiston ruhida tarbiyalash, milliy g‘oya va milliy ongni ularning ruhiyatiga singdirish, hushyor, odobli va boshqa na’munali ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatib, “ma’rifiy strategiya”ning milliy istiqbolini yuksaltirish yo‘lidan bormoqdalar.  

O‘zbekistonda bugungi kunda, Harakatlar strategiyasidan-taraqqiyot strategiyasi sari istiqbolni ro‘yobga chiqarish yo‘lida, Prezident Sh.M.Mirziyoev tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan islohotlarni amalga oshirishda barcha ijro organlarini xalqqa xizmat qilishga yo‘naltirdi, shuningdek:

         1) Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatildi, chegaralar ochildi va nazorat punktlari tashkil etildi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha kontruktiv muloqot yo‘lga qo‘yildi;

         2) Davlat xizmatlari tizimi rivojlantirilib, Markazlar ishga tushirildi, ortiqcha byurokratiyaga barham berildi;

         3) Inson huquqlari kafolatlari kuchaytirildi, majburiy mehnat shu jumladan, bolalar mehnati tugatildi;

         4) Valyuta bozori erkinlashtirildi, naqd pul bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi;

         5) Turizmni rivojlantirish doirasida 90 ta mamlakat uchun vizasiz rejim, 48 ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz tranzit tartibi joriy etildi;

         6) Aholi murojaatlari bilan ishlash va davlat organlarining ochiqligi bo‘yicha yangi tizim joriy etildi;

         7) Media muhitini kengaytirilib, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi mavqei oshirildi;

         8) Gender siyosat yangi bosqichga olib chiqildi, xususan Respublikada Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tashkil etildi;

         9) Oliy ta’limning rivojlanishi: oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari oshirildi, milliy va horijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari ochildi;

         10) Tadbirkorlik muhiti yaxshilandi, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va uni yuritish bo‘yicha jarayonlar soddalashtirilib, soliq bo‘yicha imtiyozlar berildi;

         11) Kambag‘allik rasmiy darajada tan olindi va uni qisqartirish bo‘yicha kompleks yondashuv shakllantirildi;

         12) Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy va institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi;

         13) Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etildi;

         14) O‘zbekistonda o‘n besh yil davomida doimiy yashagan fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolikni berish tartibi joriy etildi;

         15) Orol dengizining suvi qurigan tubida o‘rmon barpo etildi. BMT Orqabo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida trestring ishga tushirildi, BMT Bosh Assambleyasining “Orolbo‘yi mintaqasining ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi” to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiya qabul qilindi.

Amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan kelajakka xizmat qiluvchi tamoyillar hisoblanib, uning umumiy nomi milliy taraqqiyotning rivojlanish strategiyasidir.

 

LOLAXON QURBONOVA
FALSAFA FANLARI DOKTORI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.