Bugun, 21-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida, Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Omadbek Olimjonov bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab shartnoma asosida talabalar safiga qabul qilingan talabalar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ushbu uchrashuvda, Yoshlar yetakchisi O.Olimjonov "O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash Qoidalari" va "O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomi mazmun mohiyati hamda tanlovda ishtirok etish uchun qanday hujjatlar ketish haqida tushunchalar berib o’tdi.
Uchrashuv davomida yoshlar yetakchisi tomonidan talabalarga jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish masalalari, huquqbuzarliklar sodir etmaslik haqida tushunchalar berdi.
Ochiq muloqot shaklidagi o’tkazilgan uchrashuvda talaba-yoshlar oʻz fikr-mulohazalari, talab va takliflarini bildirishdi. Muloqot so’ngida uchrashuv qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yoshlar yetakchisi tomonidan batafsil javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI