Andijon Davlat
Universiteti
STIPENDIYA SOVRINDORLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
2022-02-21    982

Bugun, 21-fevral Andijon davlat universiteti filologiya fakultetida "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tashkil etilgan qutlov kechasida filologiya fakultetining professor-oʻqituvchilari, sovrindorlarning ota-onalari hamda fakultetning talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Ushbu kechada nomdor stipendiya sovriniga ega bo'lgan filologiya fakulteti 3-bosqich talabalari To'xtasinova Naimaxon, Mahmudjonov Shohruxbek, Yoqubboyeva Shoxistaxonlar fakultet dekani Bahodir Rahmonov tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Dastlab B.Rahmonov so'zga chiqib, sovrindorlar va ularning ota-onalariga o'zining samimiy qutlov va tabriklarini izhor etdi.

Ushbu talabalarga ilmiy rahbarlik qilib, o'zining hissasini qo'shgan professor-o'qituvchilar ham shogirdlarining yutuqlaridan mamnun ekanligini bildirdi.

Fakultetning talaba-yoshlari stipendiya sovrindorlarini qutlashdi.

O'tkazilgan ushbu kecha hayajonli va quvonchli lahzalarga boy bo'ldi.

Albatta, bu yutuqlar nafaqat filologiya fakultetining, balki universitetimizning yutug'idir.

Ushbu sovrindorlarni universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz, kelgusi o’qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.