Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida "Jinoyatga jazo muqarrar" va “Jaholatga qarshi ma'rifat" kabi mavzularda davra suhbati va ma'rifiy tadbirlarni kuchaytirish maqsadida bugun, 21-fevral kuni Andijon davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tashkil etilgan davra suhbatida Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari, universitet rektori va prorektorlar, viloyat bosh imom xatibi, universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat “ tizimini boshqarish bo’limi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv jaholat va unga nisbatan yoshlarning munosabati tog’risidagi videorolik bilan boshlandi.
Dastlab, universitet rektori Akromjon Yuldashev so’zga chiqib, jaholatga qarshi ma’rifat, diniy bag’rikenglik borasida ko’plab yig’ilishlar va anjumanlar o’tkazilayotganligi haqida aytib o’tdi.
Shundan so’ng, Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari Rahmatullo Arziyev yoshlarni bugungi kunda har bir yutuq va natijalarga mehnat-u mashaqqat bilan erishishga, shukrona qilishga chorladi.
Uchrashuv davomida Andijon viloyati bosh imom xatibi Mirzamaqsud Alimov va viloyat ichki ishlar xodimi Alisher Rahimov talaba-yoshlarga murojaat qilib, ularni turli xil oqimlarga aralashib qolmasligiga chaqirdi hamda ommaviy madaniyat, diniy ekstremizm va terrorizm haqida tushunchalar berib, jaholatga ma’rifat bilan kurashish haqida fikrlarini aytib o’tdi.
Tashkil etilgan davra suhbati talaba-yoshlarda shukronalik hissini uyg’otdi hamda globallashib borayotgan turli xil oqimlardan ehtiyot bo’lish kerakligi haqida xulosaga ega bo’ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI