Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASI “YASHIL MAKON-SOG‘LOM KELAJAK ASOSI” AKSIYASIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
2022-02-21    731

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizda yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish va shu orqali shahar, tumanlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8% dan 30% ga oshirish reja qilingan.

Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida bugun, 21-fevral kuni erta tongdan boshlab Andijon davlat universitetining asosiy hududida universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida “Yashil makon- sog‘lom kelajak asosi” aksiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu bo’lib o’tgan loyihada universitetimizning filologiya va jismoniy madaniyat fakultetlarining professor-o’qituvchilari, tashabbuskor tyutorlari, universitet xo’jalik bo’limining ishchi-xodimlari hamda Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkilotining faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Bo’lib o’tgan loyiha doirasida universitetimizning asosiy binosining oldi qismi hamda jismoniy madaniyat fakultetining hududida jami 130 dan ziyod turli xildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Albatta, biz har birimiz o‘zimizning ta’lim olib kelayotgan hududni obodonlashtirish hamda asrab-avaylash uchun mas’ul ekanligimizni teran his qilib, mana shunday ezgu ishlarda o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilishimiz kerak.

Bir so‘z bilan aytganda, Andijon davlat universitetining jonkuyar jamoasi hamda talaba-yoshlari Andijon davlat universitetini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida mamnuniyat bilan o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.