Prezidentimiz tomonidan aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirishni tashkil qilish hamda takomillashtirishga qaratilgan qaror va farmonlar o‘z samarasini bermoqda.
Xuddi shu munosabat bilan bugun, 19-fevral erta tongda Andijon davlat universitetida "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" aksiyasi bo'lib o'tdi. Ochiq osmon ostida o'tkazilgan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi doirasida universitet hududida piyoda yurildi.
Ushbu aksiya Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Zohidjon Jumaqulov tashabbusi bilan o'tkazildi. Aksiyada universitetning professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Bu bilan ular piyoda yurishning foydasi va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilib, jismoniy tarbiya hamda sport bilan hamnafas ekanligini isbotladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI