Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda 1-martdan “Yashil yillik” umummilliy tadbiri e’lon qilinishi munosabati bilan hamda ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 19-fevral kuni erta tongdan boshlab Andijon davlat universitetining 4-5-talabalar turar joyida universitet rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida “Yashil yillik” umummilliy loyihasi doirasida 150 dan ziyod turli xildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Ushbu bo’lib o’tgan loyihada universitet prorektorlari, chet tillari fakultetining faol jamoasi, ishchi-xodimlar hamda Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkilotining tashabbuskor talabalari ishtirok etdi.
Ma'lumot o’rnida “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlangan kundan buyon Andijon davlat universiteti hududlarida 1500 dan ortiq turli xildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Amaliy ishlar vaqti keldi! Andijon davlat universiteti hududida daraxtlar ekish hamda ularni parvarishlash doimiy jarayondir. Siz ham mana shunday jarayonga qo‘shiling va xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing! Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan faol professor-o’qituvchilar va talabalar o‘zlari bilan ko‘chat olib kelishi mumkin.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI