Bugun, 18-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida chet tillari hamda maktabgacha ta'lim fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi birlashamiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu davra suhbatida o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov, universitet korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i A.Akbarov, universitet huquqshunosi M.Sodiqova hamda professor - o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Dastlab, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov so‘zga chiqib, korrupsiya jamiyat rivojlanishini orqaga tortuvchi bosh omil ekanligi hamda bu illatga qarshi kurashish uchun birlashish kerakligi to‘g‘risida gapirib o'tdi.
Shundang so‘ng, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Abdukarim Akbarov o‘zining korrupsiyaga oid fikrlarini aytib, professor-o‘qituvchilarni korrupsiyaga qarshi kurashishda loqaydlikdan qochib ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Suhbat so‘ngida tadbir qatnashchilari uchun "Korrupsiya-umr zavoli" mavzusidagi videorolik namoyish etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI