Andijon davlat universiteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi tomonidan 1-sonli TTJda yashovchi talaba-qizlar oʻrtasida tashkil etilgan davra suhbatida qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, ota-onaga hurmat, oila muqaddasligi, hayotning qadriga yetish va boshqa shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan mavzularda oʻzaro fikr almashildi.
Talaba-qizlar bilan mazkur masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi va ularni qiziqtirgan savollar boʻyicha xotin-qizlar kengashi raisi Umidaxon Ahmedova hamda psixolog Otabek Muxtarov tomonidan kerakli tavsiya, maslahat va koʻrsatmalar berildi.
Tadbir davomida TTJdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni, masʼul xodimlarning axloqiy sifatlarini tahlil qilish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish hamda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik yoki tegajogʻlik qilish holatlarini aniqlashga qaratilgan “Siringizni ishoning” psixologik soʻrovnomasi ham oʻtkazildi.
Ishtirokchilarga universitetda xotin-qizlarga tegajogʻlik (xarassment), tazyiq va zoʻravonlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida tezkor murojaat qilish imkonini beradigan teskari aloqa tizimi (@himoya_adu_bot) mavjud ekanligi haqida ham batafsil maʼlumot berildi va botning telegram manzili yana bir bor eslatib oʻtildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI