Joriy yilning 17-fevral kuni Andijon davlat universitetiga Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat Pedagogika universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Oʻsh davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani, geografiya fanlari doktori, professor Topchubayev Ashirbek Berdibekovich boshchilik qildi.
Tashrif buyurgan mehmonlarni Andijon davlat universiteti geografiya kafedrasi mudiri Rahimjon Qodimrov va Tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi Ilyosbek Xasanovlar kutib oldi. Dastlab, Mehmonlar Geografiya kafedrasining moddiy-texnik bazasi, oʻquv adabiyotlari fondi, oʻquv auditoriyalari, gidrometeorologik stansiyasi, universitet axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so’n, delegatsiya a’zolari har ikki universitet oʻrtasida kooperatsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro talabalar almashish, oʻquv rejalarini muvofiqlashtirish kabi takliflarni ilgari surdilar.
Uchrashuv yakunida universitetlar oʻrtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi hamda ikki oliy ta’lim muassasalari rahbarlari oʻrtasida ZOOM dasturi boʻyicha uchrashuv tashkil etishi to’g’risida kelishib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI