Prezidentimiz tomonidan aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirishni tashkil qilish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qaror va farmonlar qabul qilinayotgani o‘z samarasini bermoqda.
Bugun erta tongda, Andijon davlat universitetining 1-2-3-4-5-talabalar turar joylarida professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar tomonidan talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari hamda “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi o’tkazildi.
Dastlab, ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini universitetimizning jismoniy madaniyat fakulteti o’qituvchilari Sherzodbek Holmatov hamda Durdonaxon Qurbonovalar tomonidan olib borildi.
Shundan so’ng Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti dekani Zohidjon Jumaqulov va fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Xayrillo Madaminov boshchiligida ochiq osmon ostida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi doirasida universitet hududida piyoda yurildi.
Ushbu o’tkazilgan aksiya doirasida 200 dan ortiq professor-oqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlarimiz ishtirok etdi. Bu bilan ular piyoda yurishning foydasini, sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilishib, jismoniy tarbiya va sport bilan hamnafas ekanligini isbotlashdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI