Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZNING TALABALAR TURAR JOYIDA TALABA-YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
2022-02-16    580

Andijon davlat universiteti xotin-qizlar masaslalari bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan 2-sonli TTJda yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan seminar-treningda ota-onaga hurmat, oila muqaddasligi, hayotning qadriga yetish, oilada bola tarbiyasining nozik jihatlari, ularni kamsitmaslik, ruhiyatiga ta’sir etuvchi jazo choralarini qo‘llamaslik va boshqa shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mavzularda o‘zaro fikr almashildi.

Talaba-qizlardagi mavjud masalalar va ularni qiziqtirgan savollar bo‘yicha xotin-qizlar kengashi raisi Umidaxon Ahmedova hamda psixolog Otabek Muxtarov tomonidan kerakli tavsiya, maslahat va ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir davomida TTJidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni, mas’ul xodimlarning axloqiy sifatlarini tahlil qilish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish hamda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik yoki tegajaklik qilish holatlarini aniqlashga qaratilgan "Siringizni ishoning" psixologik so‘rovnomasi ham o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilariga universitetda xotin-qizlarga tegajog‘lik (xarassment), tazyiq va zo‘ravonlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida tezkor murojaat qilish imkonini beradigan teskari aloqa tizimi (@himoya_adu_bot) mavjud ekanligi haqida ma’lumot berildi va manzili yana bir bor eslatib o‘tildi.

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.