Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA “KORRUPSIYA-UMR ZAVOLI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2022-02-16    996

So’ngi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʼnaltirilgan tizimli choralar koʼrildi.

Bugun, 16-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati bo'limi bilan hamkorlikda “Korrupsiya-umr zavoli” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu davra suhbatida universitet rektori Akramjon Yuldashev, prorektorlar, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

 

Dastlab universitet rektori A.Yuldashev so’zga chiqib, bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, qolaversa, jamiyatdagi maʼnaviy muhitni buzilishiga olib kelishini aytib o’tdi.

Shundan so’ng mavzu yuzasidan so’zga chiqqan Bosh prokratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Andijon viloyat bo’limi boshlig’i Nodirbek Abdusattorov o’zining korrupsiya va jinoyatchilik borasida fikrlarini aytib o’tdi hamda bugungi kun yoshlarini bunday jinoyatchiliklardan ogoh bo’lishga chorladi.

Tadbir so’ngida “Korrupsiya- millat kushandasi” mavzusida videorolik namoyish etildi. Ushbu tadbirdan barcha qatnashchilar o’zlari uchun foydali va kerakli xulosalar oldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.