Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA “ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR - DINIY VA DUNYOVIY BILIMLAR SOHIBI” NOMLI TADBIR O’TKAZILDI
2022-02-14    838

Shu kunlarda mamlakatimiz bo’ylab oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir va ma'rifatparvar, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligi keng nishonlamoqda.

Bobur Mirzo o'zining ajoyib va yuksak qobiliyatlari bilan nafaqat qo'mondon va hukmdor sifatida, balki o’zining boy ijodiy, adabiy va ilmiy meros qoldirgan olim va shoir bo’lib tarixga kirdi. Uning asarlarida har qanday buyuk rassomga xos bo'lganidek, avlodlarning diqqatini doimo o'ziga tortadigan o’zgacha fazilatlar mavjud.

 Bugun,14-fevral kuni universitetimizning katta majlislar zalida “Zahiriddin Muhammad Bobur - diniy va dunyoviy bilimlar sohibi” nomli tadbir bo’lib o’tdi.



Ushbu adabiy-badiiy kecha universitetimiz Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Dilrabo Abidova, universitet professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokida bo’lib o’tdi.

Tadbirni ochib berish uchun dastlab Dilrabo Abidova so’zga chiqib, Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo haqida o’zining fikrlarini bildirib, uning  saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va  ulkan qobilyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi.

 

Shuningdek, tadbirda universitetimiz professor-o’qituvchlari ham o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etib, Zahiriddin Muhammad Boburning betakror she'riyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma'lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi.

 

Tadbirga Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo’lim boshlig’i Tohir Evadullayev va shu markazning ilmiy xodimi Jonibek Jumayevlar so’zga chiqib, Bobur siymosi haqida ko’plab fikrlar bildirdi hamda uning yurti Andijon bilan kelgusida hamkorlik ishlari o’rnatish kabi rejalarini aytib o’tdi.

O’tkazilgan ushbu adabiy-badiiy kecha har bir tomoshabin qalbida Bobur siymosiga chuqur hurmat va ehtirom uyg’otdi. Bobur yurti Andijonda mana shunday adabiy-kechalar, g’azalxonliklar davom etadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.