Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 539 YILLIGI MUNOSABATI BILAN IJODIY KECHA O’TKAZILDI
2022-02-12    1100

Barchamizga ma’lumki, har yili 14-fevral kuni buyuk shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimiz bo’ylab keng miqyosda nishonlanadi.

Ana shunday Boburxonlik kechalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida ham keng nishonlanmoqda.

Bugun, 12-fevral universitetimizda Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi hamda unga ko’plab tomoshabinlar jalb qilindi.

Ushbu badiiy kechani universitet rektori Akromjon Yuldashev o’zgacha tarzda ochib berdi va Bobur siymosiga o’zining iliq fikrlarini bildirdi.

Tadbir ko’tarinki ruhda boshlandi. Filologiya fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan Bobur ijodidan g’azallar, ruboiylar o’qildi hamda uning  kuylari ohangida ajoyib va dilrabo raqslar guldastasi namoyish etildi.

Shu bilan birgalikda, universitetimizning tarix fakulteti talabalari o’zlarining Bobur siymosini gavdalantirgan sahnaviy chiqishlari orqali tomoshabinlar diqqatini o’ziga jalb etdi.

Ushbu badiiy kechaga Hindistondan ham mehmonlar tashrif buyurdi. Ular Bobur yurti Andijonga tashrif buyurganidan baxtiyorligini bildirgan holda, uning ulug’vorligi va serqirraligini o’zining fikrlari bilan ochib berdi.

Tadbir davomida filologiya fakulteti dekani Bahodir Rahmonov so’zga chiqib, Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini ulug’lab, uning yurti Andijonda tug’ilganganidan mamnunlik tuyg’ularini is’hor etdi.

O’tkazilgan tadbir so’ngida barcha qatnashchilar universitet rektori tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Umuman, ushbu tadbir barcha tomoshabinlarda Bobur siymosiga yana-da yaqinroq bo’lishga, uni yod etishga undadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.