Andijon Davlat
Universiteti
CHET TILLARINI OʻRGANISHNI OMMALASHTIRISH BOʻYICHA CHET TILLAR FAKULTETI TASHABBUSI
2022-02-12    676

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 6- hamda 8- bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti hamda xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Andijon viloyati hududiy vakilligi bilan hamkorlikda Andijon viloyatidagi xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim jarayoniga malakali xorijiy va mahalliy professor-oʻqituvchilarni jalb qilgan holda oʻquv jarayonini metodik qoʻllab-quvvatlash, oʻquvchilarning asosiy til koʻnikmalarini mustahkamlash va qoʻllashda koʻmaklashish hamda ular oʻrtasida turli koʻrik tanlovlar oʻtkazish va mahorat darslari oʻtish rejalashtirilgan edi.

Ushbu rеja asosida joriy yilning 11-fеvral kuni Asaka, Buloqboshi, Qoʻrgʻontеpa, Jalaquduq, Xoʻjabod, Oltinkoʻl, Izboskan tumanlaridagi xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda chеt tillar fakultеti kafеdra mudirlari sovrini uchun 7-9 sinf oʻquvchilari oʻrtasida ingliz tili fan olimpiadasi oʻtkazildi va gʻolib oʻquvchilarga esdalik sovrinlari topshirildi.

Shuningdеk, kunning ikkinchi yarmida har bir oʻtkazilgan fan olimpiadasidan soʻng, tuman umumta’lim maktablari ingliz tili fani oʻqituvchilari uchun chet tillar fakultetining yetuk, xorijda malaka oshirgan mutaxassislari tomonidan maxsus master-klass darslari oʻtib berildi.

Joriy yilning 25- fevral kuni birinchi bosqichda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida fakultet dekani Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich sovrini uchun ikkinchi bosqich fan olimpiadasi oʻtkaziladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.