Bugun, 11-fevral kuni Andijon davlat universiteti ma'ruzalar zalida filologiya fakulteti tyutori Muhayyoxon Tojiboyeva tashabbusi bilan 3-bosqich talabalari o'rtasida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminardan ko'zlangan maqsad talaba-yoshlarni jinoyatchilikka qarshi kurashish va yoshlar o'rtasida uning oldini olish, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm kabi g'oyalardan saqlanish masalalarini talabalar ongiga sindirish.
Seminarda filologiya fakulteti dekani B.Rahmonov, Andijon viloyati IIB PPX va JTCB PPXB 4-otryad komandir o'rinbosari leytenant S.Muhammadov, safdor xodim M.Obidjonov va Andijon shahri bo'yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli IIB boshlig'i M.Darmonovlar ishtirok etdi.
Seminarda leytenant S.Muhammadov talaba-yoshlarga jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish masalalari, huquqbuzarliklar sodir etmaslik haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, M.Darmonov giyohvandlikka qarshi kurashish, diniy ekstremizm va ommaviy madaniyat tushunchalariga ham to'xtalib o'tdi va talabalar bilan fikr-mulohazalar almashdi.
Ushbu seminarda talaba-yoshlar o'zlari uchun kerakli xulosalarga ega bo'ldi. Bunday seminarlar kelgusida jamiyatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilishiga umid qilib qolamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI