Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA FILOLOGIYA FAKULTETI 3-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
2022-02-07    522

Joriy yilning 7-fevral kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida filologiya fakulteti tyutori Muhayyoxon Tojiboyeva tashabbusi bilan universitet rahbariyati bilan birgalikda filologiya fakultetining 3-bosqich talabalari o'rtasida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminardan ko'zlangan maqsad talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda kelajagimiz iqtidorli va vatanparvar yoshlar qo'lida ekanligini talabalar shuuriga singdirishdir.

Dastlab universitetimiz axborot texnologiyalari bo'yicha prorektori M.Mahkamov so'zga chiqib, universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarning internet tarmog'idan samarali foydalanishi, turli xil ommaviy madaniyat va diniy ekstremistik g'oyalarni targ'ib qiluvchi saytlar va kanallarga qo'shilib qolmasligi haqida aytib o'tdi. Shuningdek, so'zining davomida IT yo'nalishi bo'yicha ham kerakli ma'lumotlar berdi.

Seminar davomida "Jamiyatimiz a’zolari uchun xoslashib borayotgan eng yomon illatlardan biri esa “menga nima?” degan loqaydlik kayfiyatining urchib borayotganidir. Bu holning, ayniqsa, yoshlarda namoyon bo‘layotgani barchamizni xavotirga solishi shart. Jumladan, jamiyat taraqqiyotiga xavf solayotgan korrupsiya, jinoyatchilik kabi illatlarga ko‘ra-bila turib qo‘l siltash, yuqoridagicha munosabatda bo‘lish, loqaydlik qilish kelajak uchun eng katta xavfdir" - deydi, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i A.Akbarov

Shu jumladan, universitet "Xotin-qizlar kengashi" raisi U.Ahmedova xotin-qizlarni hayotdagi muhim o'rni hamda sharqona urf-odatlarni ayollar o'rtasida kuchaytirish kerakligi masalalari haqida so'z yuritdi.

Seminar so'ngida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.