Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA “KORRUPSIYA – TARAQQIYOT YO’LIGA TO’SIQ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2022-02-10    555

Ma’lumki, har bir jamiyatning yuksak taraqqiyotiga soya soladigan bir qancha omillar bor. Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

Joriy yilda “Korrupsiya – taraqqiyot yo’liga to’siq”  mavzusida universitet professor-o’qituvchilari va ishchi-xodimlari o’rtasida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan reja-jadval asosida barcha fakultetlarda davra suhbatlari o’tkazish rejalashtirilgan.  

Xuddi shu masala yuzasidan bugun, 10-fevral kuni Andijon davlat universitetida tarix va filologiya fakultetining professor-o’qituvchilari o’rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda dastlab so'zga universitetning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustamjon Mullajonov Vahobjonovich so’z oldi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va “Korrupsiya – taraqqiyot yo’liga to’siq” degan gapni baralla ayta olishimiz uchun barchaning yordami kerakligini aytdi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi  boshlig’i Abdukarim Akbarov uchrashuvda yig’ilgan barcha professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlarni  korrupsiyaga qarshi kurashish yo’lida birlashishga chorladi.

Shu jumladan, universitet huquqshunosi M.Sodiqova va kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi M.Botirovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Zero, korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining ashaddiy kushandasidir. Shu sababli biz ko’pchilik bo’lib uni oldini olishga harakat qilsak, albatta, bu maqsadimizga erishamiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.